Urganch shahri
Xorazm viloyati
157,200
Aholi
8
Universitetlar
3
Muzeylar
12
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Urganch shahri haqida umumiy ma’lumotlar:
Urganch shahri - Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida joylashgan. Urganch shahri 1646-yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushaxon (Anushashoh) davrida (1664-89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
Eng mashhur diqqatga sazovor joylari:
Urganch shahrining eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
- Avesto bog‘ - majmuasi, Zardustiylik dinining muqaddas kitobi - “Avesto”ga o‘rnatilgan ramziy haykal va bog‘ majmuasi Urganch shahridan oqib o‘tuvchi Shovot kanalining o‘ng sohilida joylashgan. Avesto kitobi yaratilganligining 2700 yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan;
- Jaloliddin Manguberdi majmuasi - Xorazmshohlar davlati sarkardasi Jaloliddin Manguberdi sharafiga qoʻyilgan yangi haykal. Ushbu haykal bronzadan yasalgan boʻlib, Xorazm viloyati Urganch shahrida qad koʻtargan. Haykal oldida esa Qur’on oyatlari, Jaloliddin Manguberdi shajarasi yozilgan bitiktosh ham oʻrnatilgan;
- Al-Xorazmiy majmuasi – mazkur majmua ramziy maqbara va bog‘dan iborat. Al-Xorazmiy me’moriy majmuasi o‘rta asr qurilish an’analari asosida bunyod etilgan. Al-Xorazmiy me’moriy majmuasida mevali bog‘ va Al-Xorazmiy muzey ekspozitsiyasi tashkil etilgan;
- Al-Beruniy majmuasi - Majmua darvoza va ramziy maqbaradan iborat. Maqbara Xorazmshohlar davri me’moriy uslubida gumbazli qilib barpo etilgan. Me’morial majmuada Beruniy hayoti va faoliyati haqida ekspositsiya ham mavjud;
- Komiljon Otaniyazov nomli ijodiyot markazi – Komiljon Otaniyozov nomidagi ijodiyot markazi Urganch tumanining Shovot anhori bo‘yiga yaqin hududda, 2017-yilda barpo etilgan. Markazda Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozov hayoti va ijodini aks etdiruvchi ko‘plab eksponatlar mavjud;
- Doshqinjon bobo ziyoratgohi- “Doshqinjon bobo ziyoratgohi” tarixiy, me’moriy, estetik va ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan diniy yodgorlik, Urganch shahridagi kam sonli tarixiy tabarruk qadamjolardandir. U 1646-1648 -yillarda Yangi Urganch shahri asoschisi Abulg‘oziy Bahodirxon tomonidan barpo qilingan. Aslida maqbaraing o‘rnida qabriston bo‘lib, VII-VIII asrlarda Xorazmga kelib qolgan arab sarkardasi Sa’d ibn Abu Vaqqos bobo nomi bilan bog‘liq. Amudaryoning har yili ikki marta toshishi natijasida ayni shu qabristonga yetib kelgan suv pasayib qaytishini kuzatgan aholi uni karomatli avliyo Doshqinjon bobo deb ataganlar. Maqbara 1648-yildan to 1826-yilgacha xaroba holatiga kelib qolgan. XIX asrda Xiva xoni Olloqulixon uni ta’mirlab, obod qilgan va hozirgi ko‘rinishdagi maqbarani qurdirgan. Ogahiyning «Riyozud-davla» kitobidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Doshqinjon bobo maqbarasi Xiva xonining 4 ta salobatli maqbara qurish haqidagi buyrug‘iga asosan barpo etilgan (qolganlari Xiva shahrida, Yangiariq tumanida (Ostona (Oq masjid), Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida (Sulton Uvays maqbarasi) qurilgan). Sho‘rolar davrida maqbara yopilgan va undan 1939-yilgacha qamoqxona sifatida foydalanilgan. 1980-yilda ta'mirlanib, arxivga aylantirilgan. 1991-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga o‘tkazilgan. 2005-yilda Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlanishi munosabati bilan qayta ta'mirlanib, obod qilingan. Ayni paytda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi idorasi va ziyoratgoh sifatida foydalanilmoqda;
- Abulg‘ozi Bahodirxon haykali- Abulgʻoziy Bahodirxon - shayboniylar sulolasi vakili, yetuk tarixchi va hukmdor. Aka-ukalari o‘rtasidagi taxt uchun nizolar tufayli ko‘p yillik umrini boshqa davlatlarda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Vanihoyat ko‘plab kurashlardan keyin 1644-yilda Xiva xonligi taxtinni egallaydi. Abulgʻoziy Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib borgan va uning hukmronlik yillarida xonlikda ijtimoiy-siyosiy hayot barqarorlashgan. 1646-yilda Abulgʻoziy Bahodirxon Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahriga asos solgan. U yirik tarixchi olim sifatida ham e’tiborga sazovor shaxs hisoblanadi. Uning "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk" asarlari O‘zbekiston, umuman O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulgʻoziy Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid "Manofi’ul inson" (“Insonga foydali narsalar”) nomli asar ham yozgan. 1997-yilda Urganch shahrida Abulg‘oziy Bahodirxon xotirasiga haykal o‘rnatilgan;
- Qatag‘on qurbonlari muzeyi - Qatagʻon qurbonlari muzeyi – Urganch shahrining markaziy qismida joylashgan mustaqillik yillarida ochilgan yosh muzeylardan biri hisoblaniladi. 2017-yil 22-noyabrdagi hukumatimizning qarori bilan muzeyni tashkil etish ishlari boshlangan va muzey o‘z faoliyatini 2018-yil 31-avgustidan boshlagan. Muzey fondi professor-oʻqituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi, Ichan-qal’a muzey fondi materiallari bilan boyitilgan. Muzeydan 1937-yili deportatsiyada Xorazm viloyatiga koʻchirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yigʻilgan materiallar ham oʻrin olgan. Muzeyning dastlabki tashkil qilingan yilida 2300 dan ortiq hujjatlar tarixiy hujjatlar to‘plangan boʻlsa, hozirgi kunda muzey jami fondi 4000 ortiq materiallarni o‘z ichiga oladi. Muzey o‘z ichiga 3 ta ekspoziysiya zali va 8 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi. Ularda Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan tortib Sovet davri qiyinchiliklari va qirg‘inlarini hamda Mustaqillikning ilk davrlarigacha bo‘lgan jarayonlarni aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishish mumkin;
- Oxun bobo masjidi - Oxun bobo masjidi — Xorazm viloyatining markaziy shahri Urganch shahrida jome masjid shaklida o‘tgan asrda qurilgan diniy qadamjo bo‘lib, yillar davomida foydalanib keligan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 28-yanvar kuni Xorazm viloyatiga amaliy tashrifi davomida “Oxun bobo” masjidi qurilishining birinchi tamal toshini shaxsan qo‘yib, masjidning ko‘rkam, barcha talab-ehtiyojlarga javob berishini ko‘zlab, o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirganlar. 2018-yilda 4000 kishini sig‘dira oladigan masjid Ramazon hayiti kuni foydalanishga topshirilgan va bugugi kunda Urganch shahrining eng asosiy diniy-madaniy obyektlaridan biri hisoblanadi. Masjid o‘zining noyob arxitekturasi bilan butun O‘zbekistonda alohida ajralib turadi. Xorazmda Oxun bobo shaxsi karomatgo‘y avliyo, pushtipanoh va yorqin tasavvuf namoyandasi sifatida e’zozlanib kelingan va ushbu masjid ham ularning sharafiga nomlangan. Oxun bobo Xiva xonligida ko‘p yillar yashagan va faoliyat yuritgan din peshvosi va tasavvuf tariqati namoyandalaridan biri bo‘lib, Xiva xonlari tomonidan o‘ta qattiq hurmat qilingan va saroyga yaqin dindor sifatida yer-mulklar egasi ham bo‘lgan. 1773-yilda keksalik yoshida vafot etgan;
- “Avesto” muzeyi - Urganch shahrining markazida, Shovot kanalining (Shohobod) qirgʻogʻida, “Avesto” istirohat bogʻi majmuasida “Oltin Meros” jamgʻarmasiga qarashli “Zardushtiylik tarixi” muzeyi joylashgan. 2001-yilda tashkil etilgan muzey amfiteatr ostidagi binolarda joylashgan bo‘lib, uning kolleksiyasida muzey ixlosmandlari va jamoatchilik tomonidan to‘plangan 2 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Aksariyat eksponatlar zardushtiylik davriga oid bo‘lib, Amudaryo (Oksus-Jayhun) va Orol dengizi sohillaridagi vohada bu qadimiy dinning tug‘ilish tarixidan dalolat beradi. “Avesto” muzeyi eksponatlari orasida noyoblari ko‘p. Bular toshga aylangan daraxt, (yoshi taxminan 85-90 million yil), eramizdan avvalgi I-II-asrlarga oid sopol va yogʻoch uy-roʻzgʻor buyumlari, IX-X-asrlarga oid mayolika plitasi, Alisher Navoiyning “Xamsa” kitobining qoʻlyozmasi (XV asr) va boshqalardir. Muzeyga tashrif buyuruvchilar kitobiga Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya, Polsha, Vengriya, Armaniston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa ko‘plab mamlakatlarning elchilari o‘z sharhlarini qoldirganlar;
- O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyi, (CAMUZ) - Oʻzbekiston Zamonaviy san’at muzeyi (CAMUZ) – Urganch shahrida joylashgan rasmlar galereyasi koʻrinishidagi noyob muzeylardan biridir. U ilk bor 1983-yilda Urganch shahrida, 1910-yilda qurilgan birinchi pochta binosida ochilgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston zamonaviy san’at muzeyining taqdim etadigan eksponatlar bilan tanishish mumkin boʻlgan ikkita filiali ham mavjud: 1. Urganch shahridagi “Lazgi” muzeyi; 2. Urganch shahridagi hofiz Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi. Muzey doimiy ekspozitsiyalarda tashrif buyuruvchilarga 1000 ga yaqin saralangan rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asarlari taqdim etadi. Muzey eshiklari nafaqat Oʻzbekiston rassomlari, balki boshqa xalqlar va madaniyatlar san’ati namoyandalari uchun ham ochiq. Bu yerda Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Polsha, Shveysariya va boshqa davlatlar vakillari bilan hamkorlikda koʻrgazmalar oʻtkazilgan va tashkil qilib kelinmoqda. Muzey umumiy 4 ta zaldan iborat: 1. Haykaltaroshlik zali; 2. Xorazm ustalari zali; 3. Grafika zali; 4. Zamonaviy san’at zali. Shuningdek, ushbu muzeyda kim oshdi savdosi zali hamda tobora boyitilib borayotgan kutubxona ham mavjud.
Iqlimi. Xorazm viloyatining iqlimi quruq kontinental iqlim bo‘lib, yoz oylari issiq va qurg‘oq, qish oylari namligi kam sovuq deb taʼriflash mumkin, shuning uchun yilning bu faslida Xiva shahriga sayohat qilganda o‘zingiz bilan soyabon va quyosh nuridan saqlovchi krem olishni unutmang.
Oshxonasi. O‘zbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va xalqning ko‘p yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va an’nalar hududning iqlim sharoitidan va mahalliy aholining turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllangan. Har bir hudud aholisi milliy taomlar tayyorlash borasida o‘z uslubiga ega. Ayniqsa Xorazm viloyati o‘zining taomlari va ularni tayyorlashning maxsus uslubi bilan mashhur. Har bir taom o‘zining maxsus ta’miga ega ayniqsa, “Xorazm palovi”, “Tuxum barak”, “Ushoq barak”, “Shivit oshi”, qovurilgan baliq va boshqalar.
Universitetlar
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Urganch innovatsion universiteti
Urganch davlat tibbiyot instituti
Urganch davlat pedagogika instituti
Ma'mun universiteti
Al-Xorazmiy universiteti
Urganch RANCH Texnologiya Universiteti