Toshkent shahri
Toshkent shahri
3,195,897
Aholi
98
Universitetlar
33
Muzeylar
10
Kutubxonalar
2
Aeroportlar
2
Temir yo'l vokzallari
Shahar haqida umumiy ma’lumotlar
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2025-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 37 543 200 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi.
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi. Toshkent yirik shahar
Eng mashhur diqqatga sazovor joylar
2023-yil 1-yanvar holatiga Toshkent shahrida jami 356 ta moddiy–madaniy meros obyektlari mavjud.
Shulardan:
arxitektura yodgorliklari – 290 ta;
monumental sanʻat yodgorliklari – 43 ta;
arxeologiya yodgorliklari – 23 ta.
Toshkent teleminorasi – poytaxtning tashrif qog‘ozi. Har bir shaharning o‘z tashrif qog‘ozi bor. Toshkentning tashrif qog‘ozini uzoqdan ko‘rinib turadi, unga pastdan yuqoriga qaraladi. Bu Toshkent teleminorasi – Markaziy Osiyodagi eng chiroyli va baland teleminoralardan biri.

1957-yilda qurilgan birinchi 180 metrli telemarkaz poytaxt va Toshkent viloyatining 4 millionlik aholisini to‘laqonli qamrab ololmay qolgandi. Radio va teleuzatishlarni uzoq tog‘li hududlarga ham yetkazish zarur edi.
1960-yilda televidenie va radio O‘zbekistonning madaniy hayotida mustahkam o‘rin egalladi. Qisqa muddatlarda yangi teleminora loyihasini tayyorlash ishlari boshlandi. Mutaxassislarning vazifasi butun O‘rta Osiyoda eng baland binoni qurishdan va bunda barcha qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdan iborat edi. Loyiha puxta o‘ylandi va testdan o‘tkazildi, chunki bunday baland inshoot qurilishi ilk bor amalga oshirilayotgandi. Barcha zarur materiallar o‘rganildi, texnologik talablar va normalarga amal qilindi, Germaniyadan po‘lat uskunalar olib kelindi. Va, nihoyat, 1978-yilda yangi teleminora qurilishi boshlandi, uni barpo etishga 6 yil vaqt ketdi.
Semashko Yu.P., Terziyev-Sarukov N.G. loyiha mualliflari, Morozov E.P. va Musheyev M.D. esa konstruktorlariga aylandi. Qurilish ishlari "Visotstroy" trestining mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Teleminora targovuchlari 11 metr chuqurlikdan ko‘tarilgan, ular bog‘lanmagan temir-beton asosga tayangan bo‘lib, juda yuqori muvozanatni ushlab turishga qodir bo‘lgan tizimni hosil qilgan.
Minora 240 metr balandlikka 25 tonna yukni ko‘tarishga qodir bo‘lgan maxsus kran yordamida qurildi. Teleminora uchta tezkor Shveysariya lifti bilan jihozlangan. 1985-yil 15-yanvarda binoning eng baland nuqtasida davlat bayrog‘i hilpiray boshladi.
Teleminoraning balandligi – 375 metr, uning uzun nayzasimon uchini shaharning istalgan nuqtasidan ko‘rish mumkin. Inshootning umumiy og‘irligi 6 000 tonnadan oshadi. U radio va teleuzatishlar uchun zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan. Toshkent viloyatida tele va radiostansiyalarning o‘ndan ortiq ustaxonalariga ega.
Teleminora foyesi mozaikali panno va dunyoning eng baland minoralari maketlari bilan bezatilgan. Ularning orasida Toshkent teleminorasi faxrli 10-o‘rinni egallagan.
Xohlagan kishi minoraning tomosha maydoniga ko‘tarilishi va qushlar parvoz qiladigan 110 metr balandlikdan shaharning hayratlanarli manzarasini tomosha qilishi mumkin. Shuningdek, bu yerda “Koinot” restorani faoliyat ko‘rsatadi, unda maxsus aylanuvchi platforma mavjud. Restoran ikkita zalga ega: milliy uslubdagi “Zangori” va Yevropa uslubidagi "Qizil".
Tungi paytda minorada minglab chiroqlar porlaydi, bu go‘zallik va haybat kishini sehrlab qo‘yadi.
Toshkent teleminorasi – texnologik taraqqiyot va inson mehnatining ramzidir.
"Chorsu" sharq bozori. Eski shaharning qoq yuragidagi "Eski Jo‘va" markaziy maydonida Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joyi – ulkan "Chorsu" bozori joylashgan. U o‘rta asrlardan buyon mashhur. Ushbu bozorga kelgan har bir kishi sharq ertaklariga tushib qoladi. Rastalardagi go‘zallik, mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligini, keng qatorlar, xushmuomala sotuvchilar... Bu yerda O‘zbekistonning butun tarixi mujassam. Turli-tuman mahsulotlarni sanab adog‘iga yetmaysiz: do‘ppilar va to‘nlar, milliy matolardan tayyorlangan ro‘mollar, sopol va keramika buyumlari, qo‘lda tayyorlangan suvenirlar, sovg‘alar, sharqona shirinliklar, ziravorlar, mevalar, sabzavotlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar.

Ushbu yirik bozor taxminan X asrda vujudga kelgan, u Buyuk Ipak yo‘lining muhim markazlaridan biri hisoblangan to‘rtta savdo ko‘chasining kesishuvida joylashgan. Bu yerda savdo yil davomida olib borilgan va turli madaniyatlar bilan qorishib ketgan. Savdo yo‘llarida xorijiy savdogarlarni, karvonlarni, rastachi-sotuvchilarni, hunarmandlarni, boy dehqonlar va oddiy ishchilarni ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Bozor moviy gumbazlar ostidagi bir nechta pavilyondan tashkil topgan: oziq-ovqat mahsulotlari qatori, buyumlar qatori, gilam, adyol va matraslar bilan savdo qiladigan qator, zargarlik va hunarmandchilik qatorlari.
Katta moviy gumbaz ostida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari pavilyoni alohida e’tiborga molik. Unda mahsulotlar turlariga qarab bo‘lingan.Keng turdagi sut mahsulotlari sizni befarq qoldirmasligi shubhasiz, ularning orasida qatiq, qurt (quruq qatiq mahsuloti, mahalliy pishloq turi), suzmani albatta tatib ko‘ring.
Quruq mevalarning turlaridan ko‘zlaringiz quvnaydi. Bu kishmish, turshak, yong‘oqlar, sho‘rdanak, qiyomga va kunjutga botirilgan yeryong‘oq. Sharqona shirinliklar – novvot, parvarda, pashmak, holva, kozinaki. Turli rangda kamalakday tovlanib turgan ziravorlar va xushbo‘y dorivorlar yonidan befarq o‘tib ketolmaysiz: dolchin, za’faron, qora va qizil murch, muskat yong‘og‘i, qalampirmunchoq, zira, kashnich, sedana, zarchava, quritilgan sabzavotlar.
Oziq-ovqat mahsulotlari pavilyonining yaqinida milliy o‘zbek taomlarini tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan qatorlar bor. Rastalarga yaqinlashar ekansiz, palov, kabob, somsalarning xushbo‘y hidini uzoqdan his qilasiz. Bu yerda sizga norin (sovuq ugra sho‘rvasi bilan), qazi (ot go‘shtidan tayyorlangan kolbasa), go‘mma, hasip (uyda tayyorlangan kolbasa), qovurilgan baliq, xonim va manti, no‘xat sho‘rak (qo‘sh go‘shti va no‘xatdan tayyorlangan taom), qo‘y qovurg‘asini taklif qilishadi. Hatto tanovul qilishni xohlamasangiz ham o‘zbek tansiq taomlari oldida o‘zingizni tutib turolmaysiz. Taomlarni tandirdan yangi uzilgan obi non bilan shu yerdagi qahvaxonaning o‘zida tatib ko‘rish mumkin.
"Chorsu" bozori – ming yillar orasidan sado berayotgan tarix zarrasi.
Toshkent metropoliteni

O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyursangiz, albatta Toshkent metropolitenidan foydalaning. Bu shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri.
Toshkent metrosining har bir bekati – bu turli ustalarning me’morchilik va badiiy san’at durdonasi, noyob san’at galereyasi bo‘lib, u sizni O‘zbekiston xalqlarining tarixiga o‘ziga xos sayohat qildiradi! Bekatlardagi an’anaviy naqshlar va donishmandlarning hikmatli gaplari, qahramonlar, shoirlar va mutafakkirlarning suratlari, betakror щzbek mozaikasi...
Chilonzor yo‘nalishi. Metropoliten qurilishi 1973-yilda boshlangan bo‘lib, birinchi – Chilonzor yo‘nalishi 4 yildan so‘ng ochilgan. Dastavval u 9 ta bekatdan iborat edi. Keyinchalik 1980-yilda unga yana 3 ta bekat qo‘shildi. Bugun yo‘nalishning uzunligi 16,8 km ni tashkil qiladi va u shaharning janubi-g‘arbidan markaz orqali shimoli-sharqqa qarab yo‘nalgan.
O‘zbekiston yo‘nalishi. 1984-yilda yangi – O‘zbekiston yo‘nalishining yana 5 ta yer osti bekati ishga tushdi. Uzunligi 14,2 km bo‘lgan O‘zbekiston yo‘nalishida 8 yil davomida 11 ta bekat ochildi. “Alisher Navoiy” bekati Chilonzor yo‘nalishining “Paxtakor” bekatiga o‘tadigan joy hisoblanadi.
Yunusobod yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalish mustaqillik yillarida – 2001-yilda ochildi. Unda 6 ta yer osti bekati bor, 2 ta bekat boshqa yo‘nalishga olib chiqadigan bekatlar hisoblanadi: "Ming o‘rik" – O‘zbekiston yo‘nalishining "Oybek" bekatiga va "Yunus Rajabiy" – Chilonzor yo‘nalishining "Amir Temur" bekatiga.
Yer usti metrosi. Halqa yo‘nalishining qurilishi 2017-yil 1-oktabrda boshlandi. Ushbu yangi yo‘nalishning davomiyligi 52,1 km ni tashkil qiladi. Ulardan 50,5 kilometri yer ustida, balandligi 6 m bo‘lgan estakada bo‘ylab va 1,6 kilometri yer bo‘ylab joylashgan. Yangi metro yo‘nalishi 35 ta bekatdan iborat bo‘ladi. Ayni paytda O‘zbekiston yo‘nalishining “Do‘stlik” bekatidan “Qo‘yliq” bozorigacha 7 ta bekat va yangi Sirg‘ali tarmog‘ida 5 ta bekat ochilgan.
"Humo Arena" ko‘p funksiyali muz saroyi

Muz va O‘zbekiston bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan tushunchalarday tuyulishi mumkin. Biroq 2019-yildan boshidan buyon "Humo Arena" sport-ko‘ngilochar majmui qurilishi yakunlanganidan so‘ng xokkey, kyorling, short-trek, figurali uchish bo‘yicha o‘yinlar va turnirlarga kelish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2019-yil sentyabridan boshlab esa “Oliy xokkey ligasi” chempionatining muntazam o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.
Muz saroyi o‘zining ko‘lami, go‘zalligi, zamonaviy me’moriy yechimlari, ko‘p funksiyaliligi bilan kishida katta taassurot qoldiradi. U Xumo baxt qushining qanoti shaklida barpo etilgan. Majmua xavfsizlik va jihozlanish bo‘yicha barcha zamonaviy talablarga javob beradi, u 12 500 tomoshabinni sig‘dirish qobiliyatiga ega.
Shahar suratlari
Universitetlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Renessans Taʼlim Universiteti
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Sarbon universiteti